AQSh Maxfiy xizmati Donald Tramp uchun yangi prezident limuzinini qabul qilib oldi, deb yozadi “Motor”. The Beast (“Mahluq”) nomi bilan ham mashhur bo‘lgan Cadillac yaqin orada omma oldida ko‘rinish beradi.
“Biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarib, avtomobilni mijozga topshirdik”, — dedi Cadillac sobiq rahbari Yoxan de Nayssen.
Prezident qo‘riqlov xizmati vakili aniqlik kiritishicha, ayni vaqtda prezident limuzinini me’yoriga yetkazish ishlari olib borilmoqda. U joriy yil yoz oxirida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Joriy avlod limuzini jamoatchilik oldida 2009-yil yanvarida — Barak Obamaning inauguratsiyasi chog‘ida namoyon bo‘lgan edi. Ushbu limuzin GMC TopKick yuk “aravasi” asosiga qurilgan.
Izoh (0)