Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston 2018-yilda Rossiya bilan mamlakat hududida atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha hujjat imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qandim gaz majmuasining ochilish marosimida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “Kommersant.uz”

Foto: “Kommersant.uz”

“O‘ylaymanki, joriy yilda atom stansiyasi qurilishi boshlanishi haqida hujjat imzolaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

2017-yilning 29-dekabrida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish yuzasidan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kelishuv imzolangan edi.

Hujjatda O‘zbekistonda milliy infrastrukturani yaratish va takomillashtirish, atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash, mamlakatda AES va tadqiqot reaktorlari qurish, shuningdek, ularning faoliyatini doimiy kuzatib borish o‘zaro hamkorlik uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

O‘zbekistonda uran konlari razvedkasi, radioaktiv izotoplar ishlab chiqarish va ularni sanoat, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llash, ilmiy va fundamental tadqiqotlar borasida hamkorlik ham ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Dunyo
Qozog‘istonda ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi (foto)