Rossiyaning “Lukoyl” korporatsiyasi O‘zbekistondagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasining qurilishini moliyalashtirishga 660 million dollar miqdorida kredit mablag‘larini jalb etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, kredit 10 yil muddatga olingan.
Qarz oluvchi sifatida LUKOIL Overseas Uzbekistan Ltd. ko‘rsatilgan. Kreditorlar — ING Bank, UniCredit Bank, Deutsche Bank guruhlari. Sug‘urta Korea Trade Insurance Corporation (K-Sure) tomonidan qoplanadi.
Loyihaga kiritilgan umumiy investitsiyalar miqdori 3,4 milliard dollarni tashkil etdi. Kiritmalarning umumiy summasi — 5,2 milliard dollar.
Eslatib o‘tamiz, Qandim majmuasining ochilishi bugun, 19-aprel kuni bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)