Yerevanda politsiya kuchlari Armaniston Hukumat uyini qo‘riqlashni kuchaytirdi. Kaska va qalqonli askarlar hukumat binolarini o‘rab oldi, deb yozadi “TASS”.
Politsiya kuchlariga politsiya rahbarining o‘rinbosari, Armaniston politsiya qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Levon Yeranosyan boshchilik qilmoqda. Chorrahalarda yo‘l politsiyasi naryadlari avtomashinalarda navbatchilik qilmoqda.
Kuchaytirilgan choralarga Yerevandagi norozilik harakati Hukumat uyini qurshab olish rejasi haqida ma’lum qilganligi sabab bo‘ldi.
Vazirlar mahkamasi mazkur majlisining o‘ziga xos jihati shundaki, uni ilk bor 9-aprel kuni prezidentlik vakolatini yakunlagan va 17-aprel kuni respublika bosh vaziri etib tayinlangan Serj Sargsyan o‘tkazadi.
Izoh (0)