XXR raisi Si Szinpin KXDRga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 18-aprel, chorshanba kuni CNN telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
XXR raisining Pxenyanga safari KXDR yetakchisi Kim Chen Inning mart oyida Xitoyga tashrifiga javob tashrif bo‘lishi lozim.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, Xitoy yetakchisining KXDRga tashrifi iyun oyida amalga oshirilishi mumkin.
Shu tariqa, Si Szinpinning Pxenyanga tashrifi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralaridan so‘ng bo‘lib o‘tishining ehtimoli yuqori. Muzokaralar may oyi yoki iyun oyi boshida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Izoh (0)