Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: Toshkent davlat yuridik universiteti

Foto: Toshkent davlat yuridik universiteti

Universitet rektori Ye. Kanyazov sohadagi yechimini kutayotgan muammolar haqida gapirar ekan, yuridik yordam va xizmat ko‘rsatishga oid fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilmagani, bepul yuridik yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga ehtiyoj mavjudligini qayd etdi.

Shuningdek, qonun hujjatlarida bu sohada faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari va yuridik konsaltinglar huquqiy maqomining o‘ziga xos xususiyatlariga oid normalar nazarda tutilmagani, xorijiy advokatlik tuzilmalariga hamda O‘zbekistonda doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishning huquqiy kafolatlarini yaratish, yuridik xizmat ko‘rsatishning sohaviy ixtisoslashuvi lozimligi ta’kidlandi.

Ilmiy-amaliy anjumanda bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi, yangi doktorlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirishga zamin yaratildi, bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini maqsadli va samarali olib borish yuzasidan aniq va istiqbolli tavsiyalar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)