2018-yilgi O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a marosimi Sport-TV orqali jonli efirda namoyish etildi.
Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Samarqandning “Sherdor” klubini qabul qiladigan bo‘ldi. “Paxtakor” esa PRO-liganing yangi vakili bo‘lgan “Iftixor” mehmoni bo‘ladi. “Bunyodkor” o‘z uyida Sergey Lushchan boshchiligidagi “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi. Superliga qatnashchilari “Qo‘qon-1912” bilan “Neftchi”, AGMK esa “Nasaf” bilan mazkur bosqichda duch keldi.
1/8 final juftliklari:
- “Qo‘qon-1912” — “Neftchi”
- “Dinamo” — “Qizilqum”
- “Mash’al” — “Surxon”
- “Lokomotiv” — “Sherdor”
- “Bunyodkor” — “So‘g‘diyona”
- AGMK — “Nasaf”
- “Orol” — “Andijon”
- “Iftixor” — “Paxtakor”
Izoh (0)