1/16 finaldagi o‘yinlarda raqiblarni mag‘lub etgan 12 ta klub nimchorak finalga yo‘l oldi. 1/8 finaldan boshlab musobaqaga “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari ham qo‘shiladi.
Mazkur bosqichda Superliganing 9 ta va PRO-liganing 7 ta klubi ishtirok etadi. Qur’a tashlash jarayonida hech qanday savatchalar bo‘lmaydi va istalgan jamoa istalgan raqibga tushishi mumkin. 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi Sport-TV telekanalida jonli namoyish etiladi. Marosim bugun, 18-aprel kuni soat 20:00 da boshlanadi.
Nimchorak finalga chiqqan barcha jamoalar:
- “Surxon” (PRO-liga)
- “Dinamo” (PRO-liga)
- “Qo‘qon-1912” (Superliga)
- “Sherdor” (PRO-liga)
- “Mash’al” (PRO-liga)
- “So‘g‘diyona” (Superliga)
- AGMK (Superliga)
- “Andijon”(PRO-liga)
- “Orol” (PRO-liga)
- “Iftixor” (PRO-liga)
- “Neftchi” (Superliga)
- “Qizilqum” (Superliga)
- “Paxtakor” (Superliga)
- “Lokomotiv” (Superliga)
- “Nasaf” (Superliga)
- “Bunyodkor” (Superliga)
Ma’lumot uchun yangi formatga ko‘ra, O‘zbekiston Kubogining yarim finaligacha bo‘lgan barcha bosqichida jamoalar bitta o‘yin o‘tkazadi.
Izoh (0)