O‘zbekiston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari mintaqadagi xavfsizlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymumin Yatimov 16-aprel, dushanba kuni Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi, deb yozadi Sputnik.
Respublikalar maxsus xizmatlari rahbarlari xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik va qurollarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtaldi. Shuningdek, davlat xavfsizligiga umumiy tahdidlarni bartaraf qilish masalalari ham diqqat markazida bo‘ldi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar