Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniyadagi milleniallarning (1981—2000-yillarda tug‘ilganlar) uchdan bir qismi butun umr davomida ijaradagi uyda yashashga majbur bo‘ladi. Agar hozirgi vaziyat va hukumatning bu masaladagi siyosati o‘zgarmasa, ular o‘z uyiga ega bo‘la olmaydi. Bu haqda masala yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Tadqiqot mualliflarining fikricha, hukumat turar joy ijarasi tizmini, shuningdek, uni xarid qilish shartlarini isloh qilish haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Agar hozirgi tendensiya saqlanib qoladigan bo‘lsa, 1981—2000-yillarda tug‘ilgan yosh avlodning yarmi 40 yoshidan keyin uyni ijaraga olishga majbur bo‘ladi. Ularning uchdan bir qismi esa butun umr o‘z uyiga ega bo‘la olmasligi mumkin.

Ayni paytda Buyuk Britaniyada taxminan 1,8 million oila o‘z bolalari bilan ijarada yashashga majbur. 50 yil avval bundan oilalar soni uch baravar kam, ya’ni 600 mingta edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi