O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida 17-aprel kuni hududlarda ta’lim va tibbiyot xodimlarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari oldini olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Alohida ta’kidlash joiz, ushbu videoselektor yig‘ilishi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Videoselektor yig‘ilishida qatnashgan “Daryo” internet-nashri muxbirining ma’lum qilishicha, bosh vazir kun tartibidagi asosiy masala bo‘yicha har bir viloyat rahbarining axborotlarini tinglab, qabul qildi.
Xususan, videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqan Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev bunday holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi ta’kidlarga qo‘shilishini ma’lum qildi.
“Oldingi siyosatda paxtaga olib chiqmasa, ishdan olardik. Endi vaziyat boshqa”, — dedi Buxoro viloyati hokimi. Bosh vazir uning bu so‘zlarini ma’qullab, shunday to‘ldirdi: “Ha, o‘zimiz majbur qilardik, o‘zimiz bosh bo‘lardik. Lekin endi siyosat o‘zgardi”.
Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev o‘zi rahbarlik qilayotgan hududda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi.
Xabar to‘ldirilmoqda.
Izoh (0)