TravelAsk dunyodagi eng qimmatbaho limuzinlar haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
El Dorado Cadillac Limo
22 metrli Eldorado limuzini 1982-yilda ishlab chiqarilgan. Uning ichida barcha qulayliklar, hatto SPA-salon ham mavjud. Biroq u muyulishlarda qayrila olmagani uchun, avtomobildan faqat ko‘rgazmalarda foydalaniladi.
Jet-limuzin
Narxi: 1 million dollar
16 metrli transport vositasi o‘zida Mercedes va Boeing’ni jamlagan. U ichiga 50 kishini sig‘dira oladi.
Mini Cooper limuzini
Narxi: 1,35 million dollar
Qozog‘istonlik taniqli shaxsga tegishli ushbu limuzin oynalari oltin bilan qoplagan, salon Swarovski toshlari va san’at asarlari bilan bezatilgan.
Ultra Kustom Coach
Narxi: 1,8 million dollar
Ultra Kustom Coach’ning uzunligi 21 metr, u 1996-yilda Kaliforniyada yaratilgan.
Diskotekaga mo‘ljallangan limuzin
Narxi: 2,5 million dollar
Ushbu avtomobil kecha va bazmlarga mo‘ljallangan va 40 kishiga xizmat ko‘rsata oladi.
Limuzin 22 tonna og‘irlikka ega. U dunyodagi eng og‘ir limuzin sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
“Kadillak-1”
Narxi: 3 million dollar
Ushbu avtomobilda bemalol urushga borsa bo‘ladi. U ko‘zdan yosh oqizuvchi granata otadigan jihozlarga, xususan pulemyotga ega. Limuzinda AQSh prezidentlari harakatlanadi. Unda har ehtimolga qarshi Trampning qoni saqlanadi.
Amerika orzusi
Narxi: 4 million dollar
30 metrli avtomobil dunyodagi eng uzun limuzin hisoblanadi. Unda jakuzi, basseyn, karavot va vertolyot maydonchasi bor.
Betmobil
Narxi: 4,2 million dollar
Avtomobilni betmen va hashamatli avtomobillar ishqibozi yaratgan.
Bruney sultonining “Rolls-Roys”i
Narxi: 14 million dollar
Ushbu limuzin Bruney sultoni Xassanal Bolkiaxning buyurtmasiga binoan ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)