• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘qotar qurolni olib yurish va ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlari maxsus kurslarda o‘qitiladi

    O‘zbekiston Milliy gvardiyasining Harbiy-texnika instituti bazasida idoraviy o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Nizomga muvofiq maxsus kurslar quyidagilar bo‘yicha nazariy bilimlarni olish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadlarida tashkil etiladi:

    - (tayyorlash va qayta tayyorlash) fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulkni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus pochtani qo‘riqlash, tabiat va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek qurol va maxsus vositalar muomalasiga doir qonun hujjatlarining asosiy talablari;

    - qo‘riqlanadigan obyektlarni (kuzatilayotgan mol-mulklarni) qo‘riqlash, ularni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, qo‘riqlanadigan obyektlarda ruxsat berish va obyekt ichki rejimini ta’minlash, xizmat yo‘nalishlarida (postlarda) huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha xizmat vazifalari, ularni bajarish shakllari va usullari;

    - qo‘riqlashning (mol-mulklarni kuzatishning) ilg‘or muhandislik-texnik vositalari va usullari, zamonaviy radio hamda simli aloqa vositalarining turlari va texnik tavsiflari, ulardan foydalanish va radioaloqani tashkillashtirish qoidalari;

    - uyushgan guruh, jinoiy uyushma, terrorchilik-qo‘poruvchilik guruhlari va ularning a’zolari tomonidan qo‘llanilayotgan taktik usullar va ularning xususiyatlari, ular faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan portlovchi qurilmalar, qurol-yarog‘lar, texnik va boshqa vositalar;

    - shaxslarni, ularning buyumlarini va transport vositalarini ko‘zdan kechirishning ilg‘or muhandislik va maxsus texnik vositalari, ularning turlari, texnik tavsiflari hamda ulardan foydalanish tartibi;

    - tan jarohatlarining asosiy turlari bo‘yicha birlamchi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari;

    - tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda hodisalar va vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish;

    - qo‘riqlanayotgan obyektlarni (kuzatilayotgan mol-mulkni) terrorchilik-qo‘poruvchilik harakatlar sodir etilishidan hamda jinoiy tajovuzlardan ishonchli qo‘riqlashni tashkil etishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari, jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni ta’minlash.

    Xodimlarni qayta tayyorlash besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.

    Maxsus kurslarda o‘quv mashg‘ulotlar institut boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida o‘tkaziladi.

    Maxsus kurslar ishlab chiqarishdan (ishdan) ajralgan holda, odatda, qatnab o‘qish shaklida institut va tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq pullik asosda amalga oshiriladi.

    Xodimlarning maxsus kurslardan o‘tganligi ikkinchi ta’lim olish hisoblanmaydi.

    Tashkilotlar tomonidan xodimlar quyidagi hollarda qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish uchun yuborilishi lozim:

    - xodimga berilgan sertifikatning amal qilish muddati tugayotganda;

    - xodimning lavozim majburiyatlari o‘zgarganda (oddiy xodimlar tarkibidagi lavozimdan kichik va o‘rta boshliqlar tarkibidagi lavozimga yoxud kichik va o‘rta boshliqlar tarkibidagi lavozimdan katta boshliqlar tarkibidagi lavozimga o‘tkazilganda).

    Maxsus kurslarga tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan qurol va maxsus vositalar biriktirilgan xodimlar tashkilot rahbarining buyrug‘iga muvofiq yuboriladi. Tayyorlash kurslariga yuborilayotgan xodimlar tashkilotlarda tashkil etilgan idoraviy jangovar xizmat, ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik kurslaridan ham muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lishi lozim.

    Tayyorlash kurslarining umumiy davomiyligi ikki yarim hafta (90 soat), qayta tayyorlash kurslarining umumiy davomiyligi esa, ikki hafta (72 soat) etib belgilanadi. Bunda, maxsus kurslarda o‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi bir haftada 36 (54 akademik) soatni, auditoriya mashg‘ulotlarining eng ko‘p hajmi esa, 24 (36 akademik) soatni tashkil qiladi.

    Xodimlar maxsus kurslarda o‘qishni tugatgandan so‘ng maxsus, jismoniy va o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha imtihonlarni topshiradi.

    Imtihon topshiriqlari maxsus kurslar dasturlariga muvofiq tuziladi. Imtihon natijalari 100 ballik tizimda baholanadi. Imtihon natijalari bo‘yicha belgilangan eng yuqori ballning kamida 70 foizini to‘plagan xodimlar imtihondan o‘tgan hisoblanadi.

    Imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan bir ish kuni ichida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga sertifikat, imtihonlardan o‘ta olmagan xodimlarga esa, ular maxsus kurslarni tamomlaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi. Sertifikat va ma’lumotnomalar institut boshlig‘i tomonidan imzolanadi.

    Sertifikat besh yil muddatga beriladi. Sertifikatlar qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lgan maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi hamda institutda maxsus kurslar turi bo‘yicha yuritiladigan tegishli reyestrda hisobga olinadi. Sertifikatlar xodimlarga reyestrda imzo qo‘ydirgan holda beriladi.

    15.04.2018, 17:48   Izoh (0)   24954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda talabalarning innovatsion ishlanmalari taqdimoti o‘tkazildi

    15.04.2018, 17:17

    O‘zbekistonda 2019-yildan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotadi

    15.04.2018, 16:46

    Toshkent xalqaro aeroportidagi sovuq qurollar saqlanayotgan xona ilk bora ommaga namoyish etildi (video)

    15.04.2018, 16:26

    Toshkent xalqaro aeroportida yangi qabul zali ochiladi (video)

    15.04.2018, 15:36

    Qashqadaryoda harbiy xizmatga jo‘natishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

    15.04.2018, 15:15

    O‘zbekistonda mart oyida chegaradan o‘tish qoidalarini buzgan 42 kishi qo‘lga olindi

    15.04.2018, 14:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.