Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri va Jizzax viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalarida 4 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida 11-aprel kuni soat 23:40 atrofida Sergeli tumanida yashovchi “Avto Grant” MChJ haydovchisi, 1992-yilda tug‘ilgan K.Qurbonov o‘ziga biriktirilgan Cobalt rusumli mashinani Husayn Boyqaro ko‘chasida haydab ketayotganda ariqqa tushib, daraxtga urildi.

Hodisa oqibatida yo‘lovchilar — 1985-yilda tug‘ilgan N.Abdullayev va 1991-yilda tug‘ilgan S.Xo‘janova olgan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi K.Qurbonov va yana bir yo‘lovchi, 1996-yilda tug‘ilgan Sh.Toshpo‘latova kasalxonaga yotqizildi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida 13-aprel kuni soat 00:10 larda Egizbuloq qishlog‘ida yashagan, 1993-yilda tug‘ilgan K.Hasanov Lacetti avtomobilini shu hududdagi “Yangiqishloq—Band dahasi” yo‘lining 1-kilometrida haydab ketayotib, yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darildi.

Haydovchi K.Hasanov va uning yo‘lovchisi, hamqishlog‘i, 1993-yilda tug‘ilgan A.Ochilov voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi