Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani bilan Turkiyaning Bursa viloyatidagi Usmong‘oziy tumani o‘rtasida birodarlashuv bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolandi. Bu haqda “Vodiymedia.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Vodiymedia.uz”

Foto: “Vodiymedia.uz”

Kelishuvga To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev va Usmong‘oziy ma’muriyati raisi Mustafa Dyundar imzo chekdi.

G‘oziy Usmonni xotirlash hamda Bursaning fath etilishini qutlash tadbirlarida ishtirok etish uchun Turkiyaga borgan To‘raqo‘rg‘on tumani delegatsiyasi bu yerda Qozog‘iston, Kosovo, Makedoniya, Bosniya va Gersegovina, Gretsiya va Shimoliy Kiprdan kelgan vakillar qatori hurmat va ehtirom bilan kutib olindi.

“Bugungi kelishuvdan keyin Usmong‘oziy bilan birodarlashgan shaharlar soni 26 taga yetdi. Mamlakatlarimiz hamda Usmong‘oziy va To‘raqo‘rg‘on o‘rtasidagi munosabatlar butun dunyoga namuna bo‘lsa bo‘ladigan darajada davom etishini tilab qolaman”, — dedi tuman ma’muriyati raisi Mustafa Dyundar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi