Tailand g‘arbida Myanmadan mehnat muhojirlarini olib kelayotgan avtobusning yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida kamida olti kishi qurbon bo‘ldi, 44 kishi jarohat oldi. Bu haqda 10-aprel kuni mahalliy politsiya xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Avariya 10-aprel, seshanbaga o‘tar kechasi Myanma bilan chegaradosh Tak provinsiyasida yuz bergan. Yuqori tezlikdagi avtobus past-baland yo‘ldan chiqib ketib, besh metrlik jarga qulagan. 28 nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilindi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH haydovchi uxlab qolganligi sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Politsiya mazkur fakt yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazmoqda.
Izoh (0)