Toshkent viloyatining Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on qishlog‘idagi “Agregat” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati dala hovlisida 7-aprel kuni ikki tanish o‘rtasida mojaro yuzaga keldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Dala hovlisida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan R.Tajiyev o‘zaro janjal ustida tanishi va tengquri V.Krasnikovga qarata Mauser-48925 rusumli, 5,6 kalibrli sport ov qurolidan o‘q uzdi.
V.Krasnikov chap yelkasidan jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. R.Tajiyev ushlandi.
Izoh (0)