Turkiyada ikkinchi marta Hestourex sog‘likni saqlash, sport va turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik shifokorlar ishtirok etdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
5—8-aprel kunlari Antaliyada bo‘lib o‘tgan tadbir 165 ta mamlakat qatnashchilarini to‘pladi. Unda tibbiyot muassasalari, turistik biznes va sug‘urta kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Ko‘rgazma Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on patronaji ostida o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistondan 14 nafar shifokor ishtirok etdi. Ular Hestourex’ga tashrifi davomida bir nechta tibbiyot muassasalari, jumladan, Fizikalya xususiy fizioterapevtik klinikasi, Akdeniz davlat shifoxonasiga tashrif buyurdi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston va Turkiya ishchi doiralari uchrashuvlarini o‘z ichiga oldi.
Izoh (0)