Akbar Shukurov Jizzax shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Ushbu lavozimda 2017-yil aprel oyidan buyon Jizzax viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov ishlab kelayotgandi.
Akbar Shukurov 2017-yilning fevral oyidan beri “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U 2011—2017-yillarda Samarqand shahri hokimi bo‘lgan.