Facebook’da ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Biz buni yengib o‘tishimizni istardim, biroq bu bir necha yilni oladi. Bu muammolarning barchasini uch yoki olti oydan so‘ng hal etishimizni ma’lum qilishni istardim, biroq bu masalalardan ba’zilarini hal qilish uzoqroq vaqt oladi”, — dedi u.
Sukerberg hozirgi paytda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash ustida kompaniyada 14 mingga yaqin kishi ishlayotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)