• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiyadagi katta kompaniyada bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan surxondaryolik diplomsiz dasturchi hikoyasi (audio)

    Aqto‘be fojiasidan “Daryo” internet-nashri “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan bir guruh o‘zbekistonlik vatandoshlarning fikrlarini e’lon qilgan edi. “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasidagi navbatdagi audiohikoya — Moskvadagi yirik kompaniyada ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik dasturchi Akmal Kadirovdan.

    Mavzuga doir: Muhojirlar hayoti

    Akmal Kadirov

    Akmal Kadirov

    Uning fikrlarini “Daryo” muharriri Dilshod Sharipov yozib oldi, audio uchun Muhrim A’zamxo‘jayev o‘qidi.

    Ismim — Akmal Kadirov. Yoshim 30 da. Surxondaryoning Termiz shahrida tug‘ilganman. Ma’lumotim o‘rta — 2005-yil 11-sinfni bitirganman.

    Maktabni bitirgach, har xil ishlar bilan shug‘ullanganman: savdo-sotiqdan tortib, viloyat hokimligi-yu televedeniyasida ham ishlaganman. Maktab davridan dasturchilikka qiziqardim. O‘quvchilik vaqtim maktab kompyuteridan foydalanardim. Maktabdan so‘ng, shaxsiy kompyuterim yo‘qligi sabab, kompyuterli joylarga ishga kirganman.

    Bu joylarda deyarli tekinga ishlaganman, chunki men uchun asosiy maqsad — kompyuter va internetdan foydalanib, bilimimni oshirish edi. Bilimga investitsiya qilish kelajakda yaxshi natija berishiga ishonganman. Xobbi sifatida saytlar va har xil dasturlar yaratardim.

    Akmal Kadirov

    Akmal Kadirov

    Dasturlashni o‘rganishimga bir yilcha vaqtim ketgan, chunki ustozim bo‘lmagan — boshida qaysi dasturlash tilini o‘rganish kerakligini ham bilmaganman. Barcha dasturlash tillari bir-biriga o‘xshaydi — birini o‘rganib, ikkinchisiga o‘tish qiyin emas. Shu sababli ham dasturchilar birdaniga ko‘plab dasturlash tillarini biladi. Shunga qaramay, baribir ishlatadigan asosiy dasturlash tilingiz bo‘ladi. Men uchun bu — C, PHP va Java.

    Dasturlash sohasiga viloyatlarda talab kuchli bo‘lmagani bois, 2010-yili Toshkentga ketishga qaror qildim. O‘sha paytlar vakansiyalar joylashtiradigan bir sayt bo‘lardi. Shu saytning nuqsonini topib, o‘z vakansiyamni birinchi o‘ringa ko‘targanman. Shuning ortidan darrov bir necha kompaniya ishga taklif qilgan. Sayt administratorlari ham, registratsiyadan o‘tganimga ikki kun bo‘lmay saytda reytingim ko‘tarilib ketganidan shubhalanib, men bilan bog‘langan. Akkauntimni yaqin ikki hafta blok qilmasliklari sharti bilan ularga saytdagi nuqsonni qanday sozlash kerakligini tushuntirganman. Shunday qilib, menga tushgan takliflardan birini tanlab, ishlagani Toshkentga ketdim.

    Asosiy ishimdan tashqari dasturlash bo‘yicha darslar o‘tardim. Darslarga asosan TATU talabalari qatnardi. TATUning juda ko‘p talabalariga dars o‘tganman. Yiliga 50 dan ortiq, desam yolg‘on bo‘lmas. Afsuski, noto‘g‘ri ta’lim olgan dasturchiga qaytadan o‘rgatish qiyinroq. Keyinchalik bir do‘stim bilan firma ochdim, ushbu firma ham dasturlash bilan shug‘ullanardi. Ishga olish vaqtidagi suhbatlarda bir narsa yaqqol sezilardi — hech qayerda o‘qimagan, dasturlashni o‘zi, mustaqil o‘rgangan odamlarning saviyasi TATUni bitirib chiqqanlarnikidan ko‘pincha yuqori bo‘lardi. Qiziq tomoni, Rossiyada ham deyarli shu ahvol: hozirgi hamkasblarimdan faqat bittasigina universitet ko‘rgan, u ham ikkinchi kursdan o‘qishni “tashlagan”.

    Moskvaga 2014-yil aprelida kelganman. Kelishim bilan faqat bir kompaniyaga intervyuga bordim. Birdan ishga olishdi. Diplom so‘rashgani yo‘q. O‘zingiz ham kuzatayotgandirsiz — hozir odamlar qizil diplomini kabob pishirayotganda yelpig‘ich qilib ishlatayapti. Rossiya ham bu borada istisno emas.

    Surxondaryocha do‘ppi kiyib olgan Akmal Kadirovning Rossiyadagi hamkasbi.

    Surxondaryocha do‘ppi kiyib olgan Akmal Kadirovning Rossiyadagi hamkasbi.

    Men ishlayotgan kompaniya filiallari MDHning barcha mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham bor. Birinchi ishga kirgan vaqtim oddiy dasturchi bo‘lib ishlagan bo‘lsam, hozir bo‘lim boshlig‘iman. Qo‘l ostimda 10 dan ortiq dasturchi bor. Dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 18:00 gacha ishlayman. Mehnat sharoitlari yaxshi. Kuchli kompyuter, bepul kofe va shirinliklar... Ipoteka bo‘yicha kvartira sotib oldim. Rafiqam va o‘g‘lim bilan birga yashayman. Uydagilarni ko‘rishga qisqa muddatga O‘zbekistonga borib turaman.

    Xorijda ishlash jarayonida O‘zbekiston davlat idoralari, masalan, elchixona va konsulliklarining yordamini, ko‘magini sezmayman. Bu yerdagi deyarli barcha hamyurtlarimiz o‘zini xuddi qarovsizdek his qiladi. Misol uchun, yaqin tanishim Rossiyada pasportini yo‘qotib qo‘ygach, bu yerdagi O‘zbekiston vakolatxonalariga ikki oy qatnadi. “Pasportimni yo‘qotganligim haqida ma’lumotnoma bering, uyga uchib keta olmayapman, otamning ahvoli og‘ir, hayotining so‘nggi kunlari yonida bo‘lay”, deb. Lekin hech qanday natijaga erisha olmadi. Hatto, otasi vafot etgach ham bechora qiz ko‘zida yosh bilan yana navbatda turdi. Shunda ham vakolatxona xodimlari unga ishonmay, otasi o‘lgani haqida hujjat talab qildi. O‘zbekistondan hujjat kelganidan keyingina qizga kerakli ma’lumotnoma taqdim etildi.

    Bu 2015-yili bo‘lgan voqea. Hozir O‘zbekistonda ko‘p o‘zgarishlar yuz beryapti, bu sohada ham ijobiy ishlar bo‘lyapti, deb umid qilaman. Rossiyada O‘zbekistonning davlat idoralaridan ko‘ra o‘zbek diasporasining ko‘magi, daldasini his qilish osonroq. Masalan, yaqinda bir vatandoshimiz yonib ketibdi. Shunga “Vatandosh” diasporasi hisobraqam ochib, pul yig‘ib, yordam ko‘rsatishga urinyapti.

    O‘zbekistonlik dasturchilar haqida gapiradigan bo‘lsam, bir do‘stim Google’da, bir necha sobiq hamkasblarim Estoniya, Latviya, Polshada ishlayapti. Bu faqat men yaxshi taniganlarim. Aslida juda ko‘p zukko dasturchilarimiz chet ellarda yuribdi. Bu juda achinarli holat. Axborot-texnologiyalari asrida sohaning zo‘r mutaxassislarini yo‘qotyapmiz. Boz ustiga, yangi, munosib mutaxassislarni yetishtirib bera olmayapmiz.

    Ta’lim sohasida chuqur islohotlar o‘tkazilishi kerak. Hozir dasturchi bo‘lish niyatidagi odam faqat internet orqali sifatli bilim olishi mumkin. Lekin O‘zbekistonda internetning ahvoliga ham havas qilib bo‘lmaydi. Bilimli yoshlarimizni yo‘qotmaslik uchun O‘zbekistonning o‘zida ularga imkoniyat, sharoitlar yaratib berish kerak. Dasturchilar har doim kerak, kelajakda esa bu soha vakillariga bo‘lgan talab faqat oshadi.

    O‘zbekistonda ko‘p islohotlar o‘tkazilishi, yangilanishlar amalga oshirilishi kerak. Masalan, fuqarolarning umumiy elektron bazasi (ombori)ni tashkil etish kerak. Har bir fuqaroga o‘z uyidan turib, navbatsiz turli davlat xizmatlaridan foydalana olish imkoni yaratilishi kerak. Shunda davlat xizmatchilari fuqarolardan u yoki bu “spravka”larni yig‘ib kelishni talab qilavermaydi, chunki hamma zarur ma’lumotlar “umumiy ombor”da bo‘ladi. Xalqning fikri, xohish-istaklarini ham shu elektron vosita orqali oson o‘rganish mumkin.

    Bu korrupsiyani yo‘qotishning ham asosiy sharti deb hisoblayman — barcha davlat xizmatlari boshidan oxirigacha, hatto ularning to‘lovli qismi ham onlayn bo‘lishi kerak. Bu — axborot texnologiyalari sohasidan chiqadigan foydaning bittasi, xolos. Aslida esa bu sohani rivojlantirib, xalq uchun yanada ko‘plab qulayliklar yaratsa bo‘ladi.

    Akmal Kadirov

    Akmal Kadirov

    So‘zim yakunida sochim haqida bir-ikki og‘iz izoh bermasam bo‘lmas, har holda ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin. Ko‘pchilik: “Akmal sochini Rossiyaga borganidan keyin o‘stirib yubordi”, deb o‘ylaydi. Aslida yoshligimdan sochimni shunday o‘stirib yurardim. Uzun sochlar o‘quvchilik yillarimda ham ko‘p muammo bo‘lgan. Rossiyaga ketishimdan avval pasportim almashtirish uchun pasport stoliga borganimda: “Sochingni oldirmasang, pasport bermaymiz”, deyishgan. Shu gapdan keyin Rossiyaga eski pasport bilan ketdim. 2016-yili pasport olish uchun O‘zbekistonga qaytganimda, muammo bo‘lmasin deb sochimni qariyb kal qilib oldirdim. Lekin meni bir savol qiynaydi: sochim bilan kimning, ayniqsa, pasport stolidagilarning nima ishi bor? Ular xohlasa o‘zining sochini kal qilib oldirsin, istasa mayda qilib o‘rib olsin. Hech tushunmayman.

    03.04.2018, 17:15   Izoh (0)   89614
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Misrning qayta saylangan prezidentiga tabrik yo‘lladi

    03.04.2018, 16:33

    Samarqandda qutqaruvchilar uyda qulflanib qolgan 80 yoshli ayolga yordam ko‘rsatdi

    03.04.2018, 15:43

    “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida qarori qabul qilindi

    03.04.2018, 15:32

    Aloqa markazining samarali ishini tashkil etish usullari

    03.04.2018, 15:06

    O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi

    03.04.2018, 14:32

    Xalqaro migratsiya tashkiloti bosh direktori bilan uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi

    03.04.2018, 13:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.