Namangan viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan patrul-post xizmati batalyonida mamlakatda ilk bor velopatrul xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur patrul ayni vaqtda Namangan shahrida 5 yo‘nalishda kunu-tun xizmat olib bormoqda. Uning asosiy vazifalari jamoat joylarida tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish, jinoyatning tezkor ravishda oldini olish, xizmat sifati va jamoat taribini saqlash samaradorligini tubdan takomillashtirish, ichki ishlar organlarida mobilizatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Velopatrul shaharda ko‘p qavatli uylar orasidagi tor ko‘chalar, transport vositalari kirishi chegaralangan hududlar, jumladan, bozor, dam olish maskanlari, bog‘ va hiyobonlarda aholiga o‘z vaqtida sifatli yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Xizmat velosipedidagi xodim to‘liq ekipirovkalangan bo‘lib, maxsus vositalar, xizmat sumkasi, birinchi yordam ko‘rsatish qutisi va shahar xaritasi bilan ta’minlangan.
Izoh (0)