Kosta-Rika sobiq mehnat vaziri Karlos Alvarado mamlakatning yangi prezidenti bo‘ldi. U 1-aprel kungi saylovlarning ikkinchi turida qat’iy g‘alaba qozondi, deb yozadi “Interfaks”.
U “Fuqarolik harakati” hukmron partiyasidan nomzod edi, saylovchilarning 60,66 foizi uni qo‘llab-quvvatlab ovoz berdi. Karlosning raqibi va familiyadoshi Fabrisio Alvarado uchun esa — 39,33 foiz.
Fabrisio Alvarado mag‘lubiyatini tan oldi va g‘olibni tabrikladi.
Izoh (0)