O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30—31-mart kunlari Jizzax viloyatida tashrif bilan bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi Zarbdor tumanidagi Zarbdor Textile kompaniyasi faoliyati bilan tanishuvdan boshlangan edi. Prezident matbuot xizmati korxonaga uyushtirilgan tashrifning ba’zi tafsilotlariga bag‘ishlangan videolavha e’lon qildi.
Unda Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga ijtimoiy klasterlar tashkil etish haqida ko‘rsatma berayotgani, shuningdek, bir guruh xorijlik investorlarga: “O‘zingizni xuddi uyingizdagidek his qilib ishlang”, — deb murojaat qilayotganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)