Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tarbiyachi ayol bog‘cha bolalarini urayotgani aks etgan va 30-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan videoyozuv Jizzax shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida olingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Ma’lum bo‘lishicha, video 27-mart kuni Jizzax shahridagi 39-sonli “Navro‘z” nomli maktabgacha ta’lim muassasasida olingan. Videoda qo‘lida fayl-papka bilan bolalarga qo‘l ko‘targan tarbiyachi — 37 yoshli Mohira Mamatqulova ushbu bog‘chada 2007-yildan beri ishlab kelishi, 11 yillik ish faoliyatida jiddiy kamchilik kuzatilmagani aniqlangan.

Biroq, “2018-yilning 27-mart kuni u oilaviy muammolari tufayli asabiylashganligi va kayfiyati yo‘qligi sabab tarbiyalanuvchilarni qo‘l ishlatish yo‘li bilan tinchlantirishga harakat qilganligini bayon etdi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Vazirlik olib borilgan tezkor surishtiruv yakuni bo‘yicha tarbiyachi Mohira Mamatqulova bilan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi 4-qismiga binoan bekor qilgan, surishtiruv materiallari va hujjatlarini qonuniy chora ko‘rish uchun Jizzax shahar prokuraturasiga taqdim etgan.

Vazirlikning qayd etishicha, “hozirda prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi