Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu kengash ekspertlar ishtirokida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilib, baholash natijalarini har yili ikki marotaba e’lon qilib boradi.
2018-yil 1-yanvar holatiga e’lon qilingan reytingda Adliya vazirligi vazirliklar o‘rtasida eng yuqori baho oldi.
Izoh (0)