Xitoyning Alibaba kompaniyasi Amerikaning Ford avtomobil konserni bilan hamkorlikda vending prinsipi asosida avtomobillarni sotishga mo‘ljallangan ilk savdo avtomatini ishga tushirdi, deb xabar berdi “TASS”.
“Avtomobilni sotib olish jarayoni xuddi Cola sotib olishdek oddiy bo‘ladi”, — deydi Tmall internet-maydoni rahbari Yuy Vey.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 metrli vending avtomati ko‘p tarmoqli maydon ko‘rinishida bo‘lib, Ford tomonidan ishlab chiqarilgan 40 dan ortiq avtomobil modellari taqdim etiladi. Jumladan, ular orasida Explorer SUV, Mustang, Edge va Ecerest modellari ham bor. Xaridni amalga oshirish uchun maxsus mobil dastur yordamida to‘lovni amalga oshirish (kreditga olishda 10 foizli to‘lovni oldindan to‘lash) va apparatda avtomobilni olib ketish kerak, xolos. Loyihaga ko‘ra, agarda avtomobil kreditga olinsa, to‘lovlarning bir qismi Alipay tizimi yordamida har oy to‘lab boriladi.
Shuningdek, ma’lumot qilinishicha, potensial xaridorlar avtomobillarni uch kunga sinov uchun ham olishlari mumkin. Agarda transport vositasi xaridorga ma’qul kelsa, uni sotib oladi, aks holda yana avtomatga qaytariladi.
Izoh (0)