O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy investor ulushi kamida 15 foiz bo‘lishi haqidagi tartib bekor qilinishi mumkin. Bu Raqobat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi Spot.
Shuningdek, qimmatli qog‘ozlar chiqarilganini amalga oshgan deb hisoblash uchun savdoda joylashtiriladigan aksiyalarning minimal hajmiga bo‘lgan talabni bekor qilish taklif etilmoqda.
2015-yilda Prezident qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha komissiyani tugatish ham rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, AJ ustav kapitalida xorijiy investor ulushi kamida 15 foiz bo‘lishi haqidagi tartib ham 2015-yilda tasdiqlangan, bu talabni bajarmagan jamiyatlar boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘tishi lozim edi.
Izoh (0)