O‘zbekiston aholisining turmush darajasini oshirish hamda yashash uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida moliya vazirligi tomonidan Fransiyaning Veolia kompaniyasi bilan O‘zbekistonda kommunal xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator uchrashuv va muhokamalar amalga oshirildi. Bu haqda moliya vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ikki tomonlama o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda hududlarda ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning sifatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Fransiyaning Veolia kompaniyasi hamda O‘zbekiston hukumati o‘rtasida “Namangan shahrining issiqlik ta’minotini rivojlantirish” hamda “Toshkent shahrining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash” loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv memorandumi imzolandi.
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida iste’molchilarga ichimlik suvi hamda issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi yo‘qotishlarning hamda atrof muhitga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi omillarning kamayishiga hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keladi.
“Kelajakda bu kabi loyihalarni mamalakatning boshqa shahar va tumanlarida, shu jumladan, olis hududlarida ham amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)