12-mart kuni soat 07:40da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Paxtakor” MFYda yashovchi fuqaro Zuhriddin Baratovdan o‘zi yashab turgan xonadondagi hojatxona chuquriga kuchukchasi tushib ketganligi haqida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Shahrisabz tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i A.Qurbonov qutqaruvchilar bilan voqea joyiga tezda yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida kuchukchani chuqurdan chiqarib beshikast egasiga topshirdi.
Izoh (0)