Ukraina Oliy radasi spikerining birinchi o‘rinbosari Irina Gerashenko Rossiyani “ruhiy kasal mamlakat” deb atadi. U bunday bayonotni ICTV telekanali efirida qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Spiker o‘rinbosarining aytishicha, Rossiyada bo‘layotgan voqealarning sabablarini aniqlashning iloji yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina buni birinchi bo‘lib tushungan. Parlament a’zosi Rossiyaning ruhiy kasal mamlakat ekanligini aytib, Ukrainaning unga qo‘shni ekanligidan afsusdaligini bildirgan.
Rossiyada bo‘lib o‘tgan saylovlarni Gerashenko “gullagan sovet o‘tmishi”ga taqqoslagan. Ukraina siyosiy tizimining ustunligi sifatida spiker o‘rinbosari o‘z mamlakatidagi hokimiyat almashishini ko‘rsatgan va besh marta prezident almashganini eslatgan.
Izoh (0)