Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Keniyada dunyodagi eng so‘nggi erkak oq shimol karkidoni o‘ldi. Ol-Pejet qo‘riqxonasi xodimlari Sudan laqabli karkidonni ikki haftadan buyon ahvoli og‘irlashib qolgani sababli maxsus vositalar yordamida hayotini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Dunyoda ikkita urg‘ochi oq karkidon — Najin va Fatu qoldi. Ular ham Keniyadagi qo‘riqxonada muhofaza ostida turibdi. 2015-yilda amalga oshirilgan urinishlardan so‘ng ular tabiiy ravishda urug‘lana olmasligi ma’lum bo‘lgan. Ehtimoliy sun’iy urug‘lantirish uchun o‘lgan erkak karkidonning DNKsi muzlatilgan holda saqlab qo‘yilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)