2017-yilning 24-dekabrida soat 19:10 larda Qoraqalpo‘giston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida yashovchi P.S. o‘zining Cobalt’ida velosiped boshqarib ketayotgan fuqaroni urib yuborgan. Bu haqda “Taxtako‘pir tani” nashriga tayanib, “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt avtomobili haydovchisi velosipedda ketayotgan yo‘lovchini “Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir” yo‘lining 108-kilometrida urib yuborgan. Natijada fuqaro olgan tan jarohati oqibatida shifoxonaga tushib, o‘sha joyda vafot etgan.
P.S.ga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilgan.
Izoh (0)