Diana Yenikeyevaning fojiali o‘limi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Alisher Jumanazarov ishdan olindi, deya xabar bermoqda Sputnik.
Ma’lum bo‘lishicha, Jumanazarov rahbariyat tomonidan bundan avval ham bir necha marotaba hayfsan olgan, biroq Diana Yenikeyevaning o‘limi bilan bog‘liq hodisa uning lavozimidan ozod etilishiga asosiy sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi va Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi 23 yoshli o‘qituvchi Diana Yenekeyevaning o‘limi munosabati bilan rasmiy izoh berib, uning ko‘cha tozalashga chiqarilganini inkor etgan edi.
Izoh (0)