Fransiya politsiyasi mamlakatning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini qo‘lga oldi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Aytilishicha, 63 yoshli siyosatchi Parij yaqinidagi Nanter shahridagi sud politsiyasida hibsda saqlanmoqda. U 2007-yili Liviyaning marhum rahbari Muammar Kaddafidan (2011-yili o‘ldirilgan) o‘z saylovoldi kampaniyasi uchun 50 million dollar olganlikda gumonlanmoqda.
Sarkozi 48 soat davomida hibsda tutib turilishi mumkin.
Izoh (0)