O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Toshkent—Bishkek—Ribachye” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam temiryo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Birinchi poyezd 22-mart kuni soat 20:50 da Toshkent Markaziy vokzalidan yo‘lga chiqadi, deb xabar berdi “KNews”.
Poyezd to‘qqizta vagondan iborat bo‘lib, undan lyuks, kupe, platskart va vagon-restoranlar o‘rin olgan. Poyezd 300 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan.
Platskart vagonlaridagi chiplalar narxi 378 ming so‘mdan, kupelar esa 515 ming so‘mdan boshlanadi. Yo‘nalish bo‘yicha harakat vaqti 25 soatni tashkil etadi. Poyezdlar har payshanba kunlari yo‘lga chiqadi.
Izoh (0)