Koreya Respublikasi harbiylari KXDR artilleriyasiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan raketa qo‘shinlari yangi taktik bo‘linmasini tashkil etadi. Bu haqda 19-mart, dushanba kuni KBS telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Oktabr oyigacha yerdagi operatsiyalar qo‘mondonligi olovli qo‘llab-quvvatlash brigadasini shakllantiradi. Uning arsenali asosan harakatlanish radiusi 150 kilometr bo‘lgan yer-yer klassidagi boshqariluvchi raketalardan iborat bo‘ladi.
“Ular bir necha soniyada dushmanga katta talofat keltirishga qodir va birinchi navbatda Shimoliy Koreya uzoq masofaga harakatlanuvchi artilleriyasi, jumladan, raketalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan”, – deya ta’kidlaydi telekanal.
Yangi qo‘llab-quvvatlash brigadasini shakllantirish Janubiy Koreya qurolli kuchlari keng ko‘lamli islohotlari doirasida o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)