Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Juzjon viloyatida IShIDning 35 nafar a’zosi o‘ldirildi, 13 nafar jangari asirlikka olindi. Bu haqda mamlakat armiyasining 209-korpusi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Xabarda o‘ldirilgan jangarilardan 7 nafari o‘zbekistonlik ekanligi bildirilgan.
Matbuot xizmatiga ko‘ra, viloyatning Darzob va Qo‘shtepa tumanlaridagi jangarilar marralariga 17-mart, shanba kuni 4 marta aviazarba berildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)