Qirg‘iziston Respublikasi hududidagi “Bishkek—O‘sh” avtomobil yo‘lining 246-kilometrida qor ko‘chishi tufayli, avtomobil yo‘li ayni paytda yopilgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Krizisli vaziyatlarni boshqarish markazi xabar berdi.
Haydovchilarga “Bishkek—O‘sh” avtomobil yo‘li qor uyumidan to‘liq tozalanmagunicha, bu yerdan yurishni rejalashtirmaslik tavsiya qilindi.
Izoh (0)