Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro Qodir Jabborovga (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi O‘zA.
U 2017-yil iyul oyida tanishi S.Otaboyning ishonchiga kirib, 7 tonna guruchning har bir kilogrammini 3 ming so‘mdan, jami 21 million so‘mga sotib olishga kelishadi. Pulini bir oy ichida berishga va’da berib, mahsulotni olib ketadi. Biroq kelishilgan muddat o‘tgandan keyin ham har xil bahonalar qilib qarzini to‘lash vaqtini cho‘zaveradi. Firibgarga chuv tushib, aldanib qolganligini bilgan S.Otaboy ichki ishlar organlariga murojaat qildi.
“O‘zganing ishonchini suiiste’mol qilib, mol-mulkini qo‘lga kiritgan ushbu shaxsning kirdikorlari ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fosh etildi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)