Koreya Respublikasi va KXDR aprel oyi oxiriga rejalashtirilgan Koreyalar o‘rtasidagi sammitni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda 14-mart, chorshanba kuni birlashish vazirligi vakili Pek Txe Xyon jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Tomonlar Koreyalar o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlik bo‘yicha aloqalarni amalga oshirmoqda. Biroq tayyorgarlik ishlarining faol bosqichi mazkur haftada qo‘mita to‘liq shakllantirilgandan so‘ng boshlanadi”, — deya ta’kidladi mansabdor.
Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyatining rahbari Im Chjon Sok allaqachon mazkur organning raisi etib tayinlangan, birinchi majlis esa 16-mart kuniga rejalashtirilgan.
Izoh (0)