Bruklin sudi (Nyu-York) 2009-yilda Afg‘onistondagi Amerika harbiy bazasida terakt uyushtirishda qatnashganlikda aybdor deb topilgan AQSh fuqarosini 45 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda AQSh adliya vazirligi xabar qildi, deb yozadi “TASS”.
“Xyustonlik (Texas shtati) 32 yoshli Muxanad Mahmud al-Fareh Afg‘onistonda AQSh Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini o‘ldirish, ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash, shuningdek, ‘Al-Qoida’ga moddiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida til biriktirish ayblovlari bo‘yicha 45 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan”, — deb ta’kidlanadi bayonotda.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Al-Fareh AQShning Afg‘onistondagi harbiy bazasida portlovchi moddalar solingan avtomobil yordamida hujum tayyorlashda ishtirok etgan. Terakt 2009-yilning yanvarida sodir etilgan bo‘lib, uning oqibatida bir necha kishi jabrlangan.
Izoh (0)