Varshavada O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy almashuv o‘sishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Polsha—O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.
Bundan ikki mamlakat tadbirkorlariga ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, potensial biznes hamkorlarni topish maqsadi ko‘zlangan.
To‘qimachilik sanoati sohasida o‘zbekistonlik hamkorlari bilan o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon ishlab kelayotgan polshalik biznesmen, KORAX R.K. kompaniyasi asoschisi Pyotr Kozlovski qo‘shma savdo-sanoat palatasining raisi etib saylandi.
“Qo‘shma SSP kichik, o‘rta va yirik biznes manfaatlarini ifodalab, sanoat, ichki va tashqi savdo, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy tizim, xizmatlar va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oladi. U yirik iqtisodiy va investitsion forumlarning tashkilotchilaridan biri va faol ishtirokchisiga aylanadi”, — deydi Kozlovskiy.
Izoh (0)