Eng so‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, HMD Global kompaniyasining 2018-yildagi eng baquvvat flagmani — Nokia 9 iPhone X ortidan borib, uning eng taniqli xususiyatlarini o‘zlashtiradi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Bunda gap, albatta, ekran tepasidagi “soyabon” va juda ingichka romlar haqida bormoqda.
Barmoq izi skaneri Nokia 9 ekrani ostida joylashadi. Qurilma u yondan bu yongacha bo‘lgan qayrilma ekranga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, smartfonga innovatsion kamera o‘rnatiladi. Avvalgi mish-mishlarga ko‘ra, u Carl Zeiss bilan birga ishlab chiqilgan Penta kamerasi bilan jihozlanadi.
“Kapot ostida” Qualcomm’dan old SoC — sakkiz yadroli Snapdragon 845 chipseti joylashishi kerak.
Nokia 9 5,7 dyuymli va 1440×2560 pikselli OLED ekran, 6/8 Gb tezkor va 64/128 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli qo‘sh kamera (asosiy) va 5 megapikselli old kamera, 3250 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.
Izoh (0)