AQSh vakillik palatasi razvedka qo‘mitasi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp saylov kampaniyasi va Rossiya o‘rtasida biror-bir bog‘liqlik yuzasidan dalillar topmadi. Bu haqda kongressmen Mayk Konueyga tayanib, The Hill xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Qo‘mita Trampning 2016-yilgi saylovlardagi saylov kampaniyasi va Rossiya o‘rtasidagi bog‘liqlik yuzasidan surishtiruvni yakunlamoqda. Nashrning ma’lum qilishicha, 150 sahifalik hisobot 13-mart kuni qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi.
“Til biriktirish dalillarini topmadik. Ba’zi yomon qarorlar, o‘rinsiz uchrashuvlar va uchrashuvlar yuzasidan o‘rinsiz qarorlarni topdik. Ulardan faqat Tom Klensi (amerikalik yozuvchi) josuslik trillerini yaratishi mumkin”, — deydi Konuey.
U, shuningdek, mazkur ish bo‘yicha so‘roq qilishlar to‘liq to‘xtatilganligini ta’kidladi.
Izoh (0)