• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +46°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Salkam bir yildan beri O‘zbekistonda ishlayotgan meksikalik shifokor bilan ilk bor eksklyuziv intervyu

    2017-yil mart oyidan ish boshlagan, Toshkent markazidagi Qoratosh mavzesida joylashgan Medicine Connected klinikasining yetakchi xorijlik mutaxassisi Letitsiya Burgos 1983-yil Meksikaning Gvadalaxara shahrida tug‘ilgan. U Shimoliy Amerikadagi New Hope Fertility Center klinikasining Gvadalaxara filialida bepushtlikni davolash bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan. Letitsiya Burgos Toshkentdagi klinika faoliyati davomida uzoq vaqt farzandli bo‘la olmagan o‘nlab juftliklarning xonadoniga “Ota-ona bo‘larkanmiz!” degan xushxabarni olib kira oldi.

    S: O‘zbekistondagi tibbiyot sohasidagi islohotlarga munosabatingiz?

    J: Har qanday ilgarilash ham ilk qadamdan boshlanadi. Bu borada O‘zbekiston hukumati va Sog‘liqni saqlash vazirligi allaqachon ilk qadamlarni boshlab yuborgani quvonarli. Ayniqsa, xususiy klinikalar uchun keng imkoniyatlar ochib berilmoqda, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishda ham ajoyib imkoniyatlar yaratilmoqda.

    S: Klinikada yaratilgan sharoitlarni qanday baholaysiz?

    J: Medicine Connected klinikasida bemorlarni qabul qilish, muolaja o‘tkazish va davolash uchun shifokorlarga va bemorlarga barcha sharoitlar eng zamonaviy shaklda ta’minlangan. Yevropa andozalarida ishlaydigan laboratoriya, seminar-trening va majlislar o‘tkazish uchun konferensiya zali bor. Marketing va tibbiy turizm bo‘limi shifokorlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

    S: Bepushtlikni davolashda qanday yo‘l tutasizlar?

    J: Juftlarning farzandli bo‘la olmayotganiga bir emas, balki bir necha sabablar bo‘lishi mumkin. Biz avvalo bepushtlikka sabab bo‘lgan barcha omillarni puxta o‘raganamiz. Shundan keyin o‘sha omillarga qarab tashxis qo‘yamiz va davolash usulini tanlaymiz. Bir paytning o‘zida barcha sabablarini to‘liq o‘rganib baho berish — davolashda juda muhim hisoblanadi. Har bir sababni aniqlash va bartaraf qilish uchun alohida vaqt hamda ortiqcha xarajat sarf bo‘lmaydi va ilk boshdanoq eng ma’qul muolaja yo‘lidan boriladi.

    S: Samarqand, Urganch, Termiz, Andijon va Farg‘ona shaharlarida safarda bo‘lib haftalik tibbiy ko‘riklar o‘tkazibsiz, yuzlab bemorlarni tashxis qo‘yibsiz. Umumiy xulosalaringiz qanday?

    J: Ko‘pchilik bemorlar bu kasallikdan ruhiy jihatdan ham bezovtalanadilar, aksariyati yanglish fikr va ayblashlardan cho‘chib, shifokorga murojaat qilishdan xijolat bo‘ladilar. Bizning asosiy maqsadimiz bu muammo o‘z yechimiga ega ekani, uni hal qilishning terapevtik usullari mavjudligi va ularni qo‘llash orqali oilalarga yordam berish va natijada ular ota-ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishlari mumkinligiga umid beruvchi muhit yaratishdan iborat.

    S: O‘zbekistonda bepushtlikka chalinish, uni davolash va shunga oid ishlarga qanday baho berasiz?

    J: Bilasizmi, hozirda dunyo bo‘yicha “bepushtlik epidemiyasi” degan muammo paydo bo‘la boshlagan. Hozirda bunday muammoning ko‘plab yechimlari mavjud, jumladan, yordamchi reproduktiv texnologiyalar. Lekin bu texnologiyalar O‘zbekistonda hali yetarlicha ishga tushirilmagani uchun bemorlarga biroz noqulaylik tug‘dirmoqda, ya’ni bu muolaja bemordan chet elga chiqish va ma’lum miqdorda xarajat talab qiladi. Shuning uchun bemorlar xorij klinikalari xizmatidan foydalanib kelmoqda. Albatta, ko‘pchilik bemorlarning talablarini inobatga olib tegishli tarzda ishlab chiqilgan qaror asosida rasmiy ruxsat berilshi maqsadga muvofiq bo‘lardi, deb o‘ylayman. Shunda oilaviy juftlarning ish joylaridan uzoq muddat ta’til olishlariga, xorijga chiqish (viza, bilet, mehmonxona va h.k.) xarajatlarini ortiqcha sarflashga hojat qolmas edi.

    S: Sizning qabulingizga yozilmoqchi bo‘lganlar qayerga murojaat qilishlari mumkin? Siz o‘z vataningizga ta’tilga ketgan paytlarda-chi?

    J: Men uchun eng muhim vazifa malakali shifokorlardan iborat bir jamoa tuzib ularni mustaqil ravishda bemorlarni EKO (ekstrokorporal urug‘lantirish)ga tayyorlashni o‘rgatish edi. Hozirda bu jamoa Medicine Connected klinikasida shifokor Nilufar Qobilova va Nilufar G‘afforovalar yetakchiligida ish faoliyatini olib bormoqda. Bemorlar telefon orqali qabulga yozilishlari mumkin. O‘zim ham qayerda bo‘lsam-da doimo onlayn tarzda maslahatlarimni berib turaman.

    S: 2018-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasi sun’iy urug‘lantirish xususida maxsus fatvo chiqardi. Sizning klinika bu borada qanday fikrda?

    J: Klinika shifokorlari ahloqiy va bioetik me’yorlarga qat’iy amal qiladilar. Oilaviy juftlarning o‘zaro rasmiy nikohda ekanliklari har bir usulni qo‘llashdan oldin albatta nazorat qilib boriladi. Bemorlarning muolaja to‘g‘risidagi mulohazalariga men doim hurmat bilan qarayman. Maslahatlarimiz davomida muolaja usullarimiz ularning oilalariga qanday ta’sir qilishini va ular buni qanday qabul qilishlarini ham nazarda tutamiz. Albatta, har bir fuqaroning o‘ziga, qadriyatlariga va boshqalarga zarar bermagan holda davolash usulini tanlash huquqi va erkinligi borligiga qat’iy ishonaman.

    Klinikaga murojaat uchun telefon:

    +998 (71) 245-36-66; +998 (71) 245-24-44; +998(90)318-46-60.

    Reklama huquqi asosida!

    12.03.2018, 09:00   Izoh (0)   35588
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zsanoatqurilishbank” va Tojikistonning yirik banklari o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

    10.03.2018, 14:00

    O‘zmilliybank va Amonatbonk o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

    10.03.2018, 09:00

    Tripline.uz bilan dunyo bo‘ylab oson va ortiqcha to‘lovlarsiz sayohat qil

    09.03.2018, 12:00

    “Korzinka.uz” Oʻzbekistonda ilk marta video-tabriknomalar xizmatini ishga tushirdi

    07.03.2018, 16:23

    LG’dan yangi aksiya! Kafolatli sovrinni oling!

    07.03.2018, 12:00

    Erkak va ayollarda soch to‘kilishing aniq sabablari

    07.03.2018, 10:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bolalar savdosi”, “Yaxshi bola”: 2025-yil iyul oyida premyerasi bo‘lishi kutilayotgan Janubiy Koreya seriallari

    Kino | 4 iyul, 15:45

    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

    Reklama | 4 iyul, 15:00

    Yovuz bo‘lish ham san’at: tomoshabinlarni antagonist ekaniga ishontirolmagan aktyorlar

    Kino | 4 iyul, 15:26

    Transfer yangiliklari. “So‘g‘diyona” Jasur Jaloliddinov va Sardor Rahmonov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

    Sport | 4 iyul, 15:21

    “Qaror muhokamasi tugamagan edi”, “Bankdagi depozit o‘qish sifatiga qanday yordam beradi?” — faollar xususiy OTMlarga qo‘yilgan yangi talablardan norozi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 15:12

    “Kalmar o‘yini” aktyori Li Jon Je yakuniy mavsumdagi chaqaloq sahnasining mohiyatini tushuntirib berdi

    Kino | 4 iyul, 14:45

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat pasayishni boshlaydi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 14:41

    Gaiti poytaxtining 90 foizini jinoiy to‘dalar egallab oldi — BMT

    Dunyo | 4 iyul, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.