Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-mart kuni Namanganning “Navbahor” futbol klubi O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida amaldagi chempion “Lokomotiv”ni qabul qiladi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Bungacha namanganlik futbolchilar 2 ta safar o‘yinida ishtirok etdi. Birinchi safar Bekobodda “Metallurg” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan “Navbahor”, 2-turda AGMK maydonida zafar quchishni uddaladi — 2:1.

Shanba kungi bellashuv esa mavsum boshidan buyon Namangandagi birinchisidir. Shuning uchun ham u ochilish maqomida bo‘ladi. O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha, tashkilot birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur ochilish o‘yiniga boradi va futbolni stadionda tomosha qiladi. U avvalroq “Neftchi” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi mavsumning ochilish o‘yinida ham ishtirok etgandi.

Stadionda futbol o‘yini oldidan shou-dastur bo‘lib o‘tadi. O‘FA namanganlik futbol ishqibozlari uchun Jasur Umirov, Nilufar Usmonova hamda “Bojalar” guruhini Namanganga olib borishga qaror qilgani aytilgan. Bellashuv 20:00 da start oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi