Bishkekda terakt sodir etishni rejalashtirgan jangari qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi KNews.
Qo‘mita Qirg‘iziston fuqarosi S.J. qo‘lga olinganligini ma’lum qildi. U xalqaro terrorchilik tashkiloti lagerlarida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.
S.J. xalqaro terrorchilik tashkiloti yetakchisi topshirig‘iga binoan qo‘lbola portlovchi qurilmadan foydalanib terakt amalga oshirishni rejalashtirgan. Mazkur fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)