Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rio—2016 Olimpiadasini kumush medal bilan yakunlagan, bir yil o‘tib esa jahon chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov professional boksda debyut qildi.

Foto: “Olamsport”

Foto: “Olamsport”

Okean ortiga ketib, o‘zining ilk professional shartnomasini imzolagan Shahram G‘iyosovning ilk jangi argentinalik Nikolas Velaskesga qarshi o‘tdi va unda o‘zbekistonlik bokschi raqibini nokautga uchratdi, deb yozdi “Olamsport”. Buning uchun Shahramga 15 soniya vaqt kifoya qildi.

Nikolas Velaskes prof ringda bungacha 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 10 tasida raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan va 2 tasida imkoniyatni boy bergandi. G‘iyosovga qarshi jangda u faoliyatidagi eng tezkor nokautni qabul qilib oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi