Latviyada Davlat daromadlari xizmati bosh direktori Ilze Sirule hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
53 yoshli davlat xizmatchisining jasadi uyida zo‘ravonliklar alomatisiz topildi. O‘lim sababi hozircha ma’lum emas. Politsiya vakiliga ko‘ra, sud-tibbiyot ekspertizasi belgilandi.
Mamlakat bosh vazir Maris Kuchinis Sirulening yaqinlariga hamdarligini bildirdi. U yuzaga kelgan vaziyatni moliya vaziri Dana Reyniyetse-Ozola bilan muhokama qildi va xizmat rahbari vazifasini bajaruvchini tayinlash haqida kelishib oldi.
Izoh (0)